Jamiyat | 16:12 / 13.07.2015
3959
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandlik ayol kelini ichadigan dorini Rossiyaga olib o‘tishga harakat qilgani uchun qamalib ketishiga oz qoldi

Samarqandlik Soniya Bikmayeva Rossiyaning Pskov shahrida yashab va ishlab kelayotgan o‘g‘lining oldida bir muddat bo‘lib, kasal bo‘lib, to‘shakka mixlanib qolgan keliniga qarab turdi. Doktor bemorga “Fenazepam” dorisini tayinladi. Bikmayeva 50ta tabletka bo‘lgan bir quti dori sotib olib, uni keliniga ichirdi. Qutida 37ta tabletka qolganida u O‘zbekistonga qaytib ketdi va dorilarni yashirib, o‘zi bilan birga olib ketdi.
“Huquq” nashrining yozishicha, oradan ancha vaqt o‘tib, Rossiyaga qaytish chog‘ida ayol ushbu dorini yana olib ketishga harakat qildi. Lekin tekshiruv jarayonida uning yonidan topilgan “Fenazepam” dori vositasi muomalada bo‘lishi nazorat ostida bo‘lgan dorilar qatoriga kiritilgan edi. Shu bois Bikmayeva qo‘lga olinib, sudga topshirildi.
Sud Bikmayevaga 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Ammo uning pushaymonligini, dorining xavfli tomonlaridan bexabar ekanligi hamda ushbu dorini noqonuniy tarqatishga harakat qilmagani e'tiborga olinib, jazo 2 yil sinov muddati bilan almashtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish