14:49 / 13.07.2015
12867

Sardor Yusupov «Barselona» ko‘rigidan o‘tish uchun Kataloniyaga jo‘nab ketdi!

Xabaringiz bor, shu yilning 26 iyun kuni UFF.uz saytida «Barselona»ga taklif qilingan o‘zbek o‘g‘loni! - nomi ostida maqola chop etildi.

Ushbu maqola orqali kelajagini Ispaniya yurtida va La ligada ko‘rishni istayotgan 18 yoshli hamyurtimiz Sardor Yusupov haqida hikoya qilingandi.

Maqolada mazkur futbolchining taqdiriga befarq bo‘lmagan tadbirkorlar va ishbilarmonlarimizni hamkorlikka chorlagandik. Bugunga kelib esa, qahramonimiz Kataloniyaga uchib ketdi. U yerda "Barselona" ko‘rigidan o‘tadi.

Hozir Sardor Barselona shahrida yakka-tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishgan. "Barselona" klubiga prezidentlik saylovi yakuniga yetgach, hammasiga oydinlik kiritiladi. Bundan tashqari uning xizmatlariga "Espanol" va "San-Andreo" klublari ham qiziqish bildirgan.

Lekin, mazkur vaqt ichida futbolchimizning otasi kutganidek hamkorlik masalasiga u qadar yechim topilmadi. Shu bois, bugun Sardor Yusupovga yordamini ayamaydigan ishqibozlarimiz hukmiga "O‘zbsanoatqurilish" bankida mamlakatimiz qonunchiligida belgilangan tartib-qoidaga asosan ochilgan homiylik hisob-raqamini havola etmoqchimiz.

Zero, unga tushgan oz miqdordagi pul-mablag‘i ham O‘zbekiston kelajagi sifatida qaralayotgan mazkur futbolchimizning sarf-xarajatlariga ishlatiladi.

Demak,

Hisob raqami: 20206000800000399222
MFO: 00399 Mirzo Ulug‘bek filiali
FIO: Sardor Ikromovich Yusupov
"O‘zbsanoatqurilish" bankining viloyatlardagi filiallar orqali o‘tkaziladi.

Horij valyutasi bo‘yicha esa Western Union tizimi orqali Sardor Yusupov nomiga - Ispaniyaga yuboriladi. Jo‘natgan odamning nomi va maxsus kodi ring-ziss79@mail.ru pochtasiga - Ikrom akaga jo‘natiladi.

Aziz yurtdoshlar!

Ayni paytda taqdiri hal bo‘lishi va "Barselona"da o‘ynab ketishi mumkin bo‘lgan Sardor Yusupovning taqdiriga befarq bo‘lmaysiz, degan umiddamiz.

Manba: uff.uz   

Top