Jamiyat | 17:29 / 13.07.2015
3037
1 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Otkrytoye poslaniye» kitobi nashrdan chiqdi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Ochiq xat» kitobining rus tilidagi tarjimasi — «Otkrytoye poslaniye» kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobning o‘zbek tilidagi varianti 2015 yil boshida chop etilgan bo‘lib, keyinroq 2015 yil aprel oyida yana bir marta nashrdan chiqqan, joriy yilning iyul oyida esa to‘ldirilib, qaytadan nashr qilingan edi.

«Hilol nashr» nashriyoti chop etgan ushbu kitob allomaning hayotligi chog‘i dunyo yuzini ko‘rgan so‘nggi asarlardan biri sanaladi. Muallif kitobda keyingi chorak asrda musulmon olamida ro‘y berayotgan muhim siyosiy voqealarga ochiq-oshkora munosabat bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish