18:31 / 13.07.2015
2731

Shiddatli “Nanka” tayfuni Yaponiyaning janubiy qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda

Joriy mavsumda 11-bo‘lgan shiddatli “Nanka” tayfuni Yaponiyaning janubiy qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda. U po‘rtana va kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqarishi aytilmoqda.
Yaponiya bosh metereologik agentligi ma'lumotlariga qaraganda, tayfun markazidagi bosim 950 gektopaskalni, shamol tezligi 40 m/sekundni tashkil qiladi. Ayni paytda tayfun shimol tomonga 20 km/soat bilan yaqinlashmoqda.
Bashoratlarga ko‘ra, tayfun Sikoku va Kyusyu orollariga tahdid solmoqda. Orollar chorshanba kuniyoq bo‘ron va yog‘ingarchilik ichida qolib ketishi mumkin.

Top