Jahon | 16:54 / 13.07.2015
3057
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota Motors`ning Sankt-Peterburgadagi zavodida yaponiyalik ishchi o‘zini osib qo‘ydi

Sankt-Peterburgda Yaponiya fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxsning o‘limi bilan bog‘liq tekshiruv olib borilmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bu shaharga Yaponiyadan ish izlab kelgan shaxs o‘zini osishga qaror qilgan.

"2015 yilning 10 iyul sanasida Sofiya ko‘chasidagi 115-uy tomida o‘zini osib qo‘ygan yaponiyalikning o‘limi bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Marhum Sankt-Peterburgga ish safari bilan kelgani aniqlangan", deyiladi Sankt-Peterburg shahar tergov ishlari boshqarmasi xabarida.

Piter TV telekanalida ma'lum qilinishicha, Oisi Shingo ismli bu shaxsning jasadi topilgan bino zavodiga tegishli hisoblanadi. Uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda Rossiyada ishlashga huquq beruvchi viza aniqlangan.

Ayni vaqtda uning bu qaroriga qanday sabab borligini aniqlashga harakat qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish