O‘zbekiston | 13:52 / 13.07.2015
4500
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik shaxslar haqidagi ma'lumotlarni hamma ko‘ra oladi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyulidagi qaroriga muvofiq Korxona va tashkilotlar Yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartishlarda ko‘zda tutilganidek, registr bazasidagi korxonaning tegishliliga ma'lumotlariga o‘zgarishlar muassislar taqdim etgan axborot asosida kiritiladi.
Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish idoralari tomonidan statistika organlariga axborot berish tartibi va muddatlari o‘zgarishlarga uchradi. Bu haqdagi ma'lumot bir kuni ichida, davlat tashkilotlari va NNTda ikki kunda taqdim etilishi kerak.

Ma'lumotlar faqat internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Ilgari ma'lumotlar qog‘ozda taqdim etilishga ham ruxsat berilgan edi.
Shuningdek, ochiq axborot ro‘yxati kengaytirilgan. Identifikatsion, tasnifiy ko‘rsatkichlar va manzillardan tashqari, yuridik shaxslarning telefon raqamlarini hamda muassislari haqidagi ma'lumotlarni olsa bo‘ladi. Boshqa ma'lumotlar hozirgacha yopiq holda saqlanib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish