09:05 / 13.07.2015
8427

Zulfiqor Musoqov: korrupsiya – rivojlanishimizni to‘xtatayotgan omil

Taniqli o‘zbekistonlik rijissyor Zulfiqor Musoqovning fikricha, O‘zbekistonning rivojlanishini to‘xtatayotgan omil bu korrupsiyadir.

“Afsuski, bu gapni siz hech qachon gazetangizda chiqarmaysiz, – dedi u “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga bergan intervyusida, – lekin mening shaxsiy fikrim bor, bu fikr o‘ta bahsli, lekin samimiy, 31 mln aholidan balkim bitta odamning shaxsiy fikridir bu: korrupsiyani yo‘q qilish kerak”.
“Bizning rivojlanishimizni to‘xtatayotgan omil korrupsiya – qavmi-qarindoshchilik, poraxo‘rlik, pulga o‘qishga kiritish, – so‘zida davom etdi san'at arbobi. – Sizga ochiq-oydin aytdim, rivojlanishni, taraqqiyotni to‘xtatayotgan narsa shu. Men buni o‘zim o‘ylab topmadim. Masalan, Xitoyda eng katta muammo – korrupsiya. Shuning uchun u yerda aybdorlar o‘lim jazosiga hukm qilinadi”.

Top