Jamiyat | 13:13 / 14.07.2015
5718
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda “Sharq taronalari” o‘ninchi marta o‘tkaziladi

2015 yilning avgustida Samarqandda o‘ninchi an'anaviy xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilda o‘ziga xos yubileyni nishonlaydigan festival dasturi o‘z ichiga bir qancha yo‘nalishlarni oladi. Ular orasida an'anaviy vokal, an'anaviy milliy cholg‘u asbobi singarilar muhim hisoblanadi. Ishtirokchilarni baholash ishini xalqaro jyuri amalga oshiradi. Baholashdagi birlamchi mezon ijro etilayotgan asarda milliy ruhning aks etishi, an'anaviy koloritning mavjud bo‘lishidir.
Tanlovda saralash bosqichiga talabnoma bilan chiqqan har qanday davlat vakili bo‘lgan professional va havaskor ijodiy kollektivlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov an'anaviy tarzda Samarqand shahridagi Registon maydonida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish