16:29 / 14.07.2015
2578

Arsen Venger "Arsenal" yozgi transferlar vaqtida boshqa futbolchi sotib olmasligiga ishora qildi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z boshqaruvidagi jamoaning yozgi transferlar vaqtidagi harakatlariga izoh berib o‘tdi.

"Men eshikni butunlay yopib olmoqchi emasman. Agar jamoamizni kuchaytira oladigan futbolchi uchrab qolsa, uni xarid qilishga harakat qilib ko‘ramiz. Lekin bizda barcha chiziqlar kuchaytirib bo‘lingan.
Menimcha, hammani bir o‘zi yengadigan futbolchi yo‘q. Hammani yengishga jamoaviy o‘yinni kuchaytirish orqali erishish mumkin, bizda esa jamoaviy o‘yin yuqori darajada shakllangan. Biz o‘z o‘yinimiz sifatini oshirish orqali kuchaya olamiz.
Afsonaviy futbolchini izlashga vaqt sarflagandan ko‘ra, jamoaning o‘yinini yaxshilashda davom etish kerak. Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida zaxiradagi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun eng yaxshi vaqt. Ularni asosiy tarkibga kiritib borishim mumkin.
Mening bu fikrlarim yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar o‘zgarmasligining ehtimoli yuqoriroq", deydi Venger.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" hozircha birgina futbolchini, "Chelsi"dan 11 mln yevro evaziga Piter Chexni transfer qilgan.

Top