Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing MH17 halokati bo‘yicha tribunal yaratish g‘oyasini Avstraliya ham qo‘llab-quvvatladi
Avstraliya BMTga murojaat qilib, Donetskda Malayziyaning Boeing MH17 samolyoti urib tushirilishi yuzasidan xalqaro tribunal tashkil etish g‘oyasini qo‘llab chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Xalqaro jinoiy tribunalning ta'sis etilishi jahon hamjamiyati xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga chidab o‘tirmasligini aniq ravshan ko‘rsatib beradi”, – dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Juli Bishop.
Uning so‘zlariga qaraganda, tribunal davlatlarning hamkorligi natijasida da'vogarlar talablarining qondirilishi imkoniyatini kengaytiradi.