Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Eronga qarshi iqtisodiy cheklovlarni bekor qiladi
Yevropa Ittifoqi jarayon MAGATE tomonidan verifikatsiya qilinganidan so‘ng Eronga qarshi iqtisodiy va moliyaviy cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“YeI Eronga nisbatan cheklovlarni nazarda tutuvchi barcha harakatlarni, shu jumladan, Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq barcha iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni to‘xtatadi. Shu bilan bir paytda Eron yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga kirishadi, jarayon MAGATE tomonidan verifikatsiya qilinadi”, – deyiladi kelishuv loyihasi matnida.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.