15:37 / 14.07.2015
1950

Eron bilan kelishuv BMT xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinganidan 90 kun o‘tib kuchga kiradi

Eronning yadroviy dastur bo‘yicha vositachilar oltiligi bilan kelishuvi BMT xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinganidan 90 kun o‘tib kuchga kiradi. Bu haqda manbaga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Kelishuv ijrosini nazorat qilish uchun maxsus komissiya tuzilib, u Eron, oltilik va YeI vakillaridan iborat bo‘ladi.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi.
Ta'kidlanishicha, yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Top