Jahon | 19:47 / 14.07.2015
4036
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv tufayli 100 mlrd dollar oladi

Eron hukumati 14 iyul kuni Vena shahrida "oltilik" davlatlari bilan muzokaralar natijasida yadroviy dastur bo‘yicha amalga oshirilgan kelishuvdan keyin, o‘zining jahon banklarida muzlatib qo‘yilgan 100 mlrd dollardan ortiq mablag‘laridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda AQSh davlati ma'muriyatiga asoslangan holda Reyter nashri xabar bergan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, bu bo‘yicha jarayonni MAGATE o‘z nazoratiga oladi. Agar Eron kelishuv shartlarini buzgani aniqlansa, 65 kun ichida BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan sanksiyalar qayta joriy qilinishi mumkin.

Qayd etish joizki, Venadagi kelishuvdan keyin Yevropa Ittifoqi Eronga nisbatan moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilgandi. O‘z navbatida "oltilik" davlatlari va Eron o‘rtasida moliyaviy hamda iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilinishiga ham kelishib olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish