Jahon | 19:48 / 14.07.2015
3153
1 daqiqa o‘qiladi

Eronga nisbatan qurol-yarog‘ embargosi yana 5 yil amalda bo‘ladi

Eronga nisbatan qurol-yarog‘ embargosi yana 5 yil amalda bo‘ladi. Ammo qurol yetkazib berish BMT Xavfsizlik kengashi nazorati orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron yadroviy dasturi yakuni bo‘yicha bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Vazirning ta'kidlashicha, Xitoy va Rossiya Eronga nisbatan qurol-yarog‘ embargosini 5 yilgacha taqiqlanishini inkor etmagan ammo bu vaqt davomida mamlakatga yetkazib beriladigan qurollar BMT XK kuzatuvi ostida amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiya va Xitoy Eronga nisbatan qo‘llanilgan taqiqlardan dastlabkisi hisoblangan qurol yetkazib berilishini bekor qilishga harakat qilishgan. G‘arb davlatlari esa taqiq 8 yoki 10 yilgacha saqlanishini xohlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish