Sport | 15:57 / 14.07.2015
2190
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA AQSh Senati komissiyasining Blatterni so‘roq qilish bo‘yicha murojaatini rad etdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) AQSh Senati komissiyasining tashkilot prezidenti Yozef Blatterni so‘roq qilishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Reyter nashri xabar qilgan.

Xabarda yozilishicha, amerikaliklar FIFAga Shveytsariyadagilar tashkilot bilan bog‘liq mojarolar yuzasidan so‘roq berishini so‘rab, iltimosnoma jo‘natgan va rad javobini olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Blatter 2 iyun kuni FIFA tizimidagi poraxo‘rlik holatlari yuzasidan taftish boshlanib, bir necha sport amaldorlari hibsga olinishi ortidan o‘zi ham lavozimini muddatidan oldin tark etishini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish