Texnologiya | 13:00 / 14.07.2015
2016
1 daqiqa o‘qiladi

Google’ning aqlli soatlari xabar almashishni o‘rganadi

Google Android Wear soatlari orqali muloqot qilish uchun bir qator yangi funksiyalarni ishga tushiradi. Bu haqda EnGadget portali xabar bermoqda.

Android’da ishlovchi aqlli soatlar egalari Together tizimi yordamida xabar, fotosurat va stiker almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foydalanuvchining gadjyetni imo-ishoralar yordamida boshqarish tizimi o‘zgaradi: hozir ekranni bir marta bosish ilova va sozlamalar menyusini ochib beradi. Yangilanishdan so‘ng bu harakat ob-havo va mashg‘ulot haqidagi ma'lumotlarni navbatma-navbat ko‘rish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, Wi-Fi funksionali kengaytiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish