01:07 / 14.07.2015
2711

Kapello Rossiya terma jamoasi bilan shartnomasini bekor qildi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello va uning yordamchisi Oreste Chinkvini milliy jamoa bilan shartnomani bekor qilish haqidagi kelishuvga imzo chekdilar, deb xabar bermoqda Sports.ru.

Avvalroq Kapello o‘rniga terma jamoaga murabbiy sifatida Leonid Slutskiy kelishi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Biroq Rossiya futbol ittifoqi prezidenti vazifasini bajarayotgan Nikita Simonyan italiyalik mutaxassisning iste'fosi haqidagi xabarni inkor etgan edi.

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Kapelloning taqdiri haqidagi rasmiy xabar 13 yoki 14 iyulda aytilishini ma'lum qilgandi.

Top