01:01 / 14.07.2015
3417

Katta panda tutqunlikda yashash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi

Gonkongning Okeanik bog‘ida yashovchi Tszya-Tszya laqabli katta panda bu yili o‘zining 37 yoshini nishonlaydi va katta pandalar orasida tutqunlikda eng uzoq vaqt yashash bo‘yicha jahon rekordini yangilashiga bir bahya qoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ayni paytda bambuk ayiqlari orasida tutqunlikda eng uzoq vaqt yashash bo‘yicha jahon rekordi Du-Du laqabli pandagi tegishli. Panda 1999 yilda 37 yoshida vafot etgan, bu inson o‘lchovlarida 100 yilni tashkil qiladi. Katta pandalar kam holatda bunday yoshgacha yetib boradi.

Tszya-Tszya eshitish va ko‘rish qobiliyatida muammolarga ega bo‘lsada, u o‘z yoshiga nisbatan ancha yaxshi sog‘liqqa ega. 80 kg keladigan uzoq umr ko‘ruvchi panda 1978 yilda Xitoyda tutib olingan, 1999 yilda esa Gonkongning Okeanik bog‘iga topshirilgan.

Top