01:33 / 14.07.2015
13850

Mediapark: O‘zbekistonda birinchi maishiy texnika va elektronika savdo tarmog‘i ochildi

MediaPark – katta assortimentdagi maishiy texnika va elektronika taklif qilingan O‘zbekistondagi birinchi savdo tarmog‘i.

2015 yilning 12 iyulida Toshkent shahrida Mediapark savdo tarmog‘i ochildi. Bu qishda issiq, yozda salqin bo‘ladigan 3000 dan 7000 kv metrgacha savdo maydoniga ega usti yopiq hududdan iborat savdo markazidir. Qayd etish joizki, ushbu savdo markazining ochilishi Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi Yoshlar simfonik orkestri hamda o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida haqiqiy bayramona tarzda o‘tdi.
Savdo markazi xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan bo‘lib, unda xaridorlarga barcha qulayliklar yaratilgan hamda bu yerda ularga maslahatchi-sotuvchilar xizmat ko‘rsatadilar.


Biror texnika tanlayotganda doimo ko‘pgina savollar, gumonlar paydo bo‘ladi va ko‘pincha biror modelni tanlash murakkablik tug‘diradi. Mediapark maslahatchilari jamoasi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha treninglar ko‘rinishidagi maxsus tayyorgarlikdan o‘tganlar. Xizmat ko‘rsatish darajasi mijozlarga xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mediapark markazining barcha sotuvchilari Sizga zarur texnikani tanlashda bajonidil yordam ko‘rsatishadi, mahsulotning texnik xarakteristikalari haqida batafsil ma'lumot berishadi va sizni qiziqtirayotgan savollarga bekamu-ko‘st javob berishadi.


Yangi savdo markazining ochilishi o‘ziga katta sondagi odamlarning e'tiborini tortdi. Markazga tashrif buyurgan ilk tashrif buyuruvchilarning aytishlaricha, Toshkenti azimda katta tanlovdagi maishiy texnikaga ega shunday zamonaviy gipermarketning ochilishi faxr va quvonch hissini uyg‘otadi.
Xasan Ubaydullayev, Mediapark’ga tashrif buyurganlardan biri: «O‘zbekiston – bu katta sayyohlik imkoniyatlariga ega davlat. Xorijiy sayyoh ushbu savdo markazida o‘zini juda qulay va shinam sezadi. Albatta, bu nafaqat sayyohlarga, balki butun O‘zbekiston aholisiga tegishli. Issiq yoki sovuq kunda biror narsa xarid qilish istagi yo‘qoladi. MediaPark’da esa xaridni amalga oshirish uchun, mo‘'tadil harorat va yumshoq kursilarga ega dam olish hududigacha barcha qulayliklar yaratilgan. Mediapark ning yana bir afzalliklaridan biri uning o‘zining servis-markaziga egaligi, kafolatli xizmat ko‘rsatish, dasturiy ta'minotni o‘rnatish va sozlab berish hisoblanadi. Servis-markazida yagona aloqa markazi joylashgan. Gipermarket menda iste'molchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan degan taassurot qoldirdi”..


Dinora Usmonova, Mediapark maslahatchisi-sotuvchi: “MediaPark assortimentida 5 mingdan ko‘proq turdagi xorijiy va mahalliy maishiy texnika brendlari taklif qilingan. Sifatli xizmat ko‘rsatish uchun biz maxsus o‘qitish kursidan o‘tdik. Biz uchun tashkil etilgan treninglar ishimizning zaruriy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Bunday o‘qitish o‘z ishingizga o‘zgacha nuqtai nazar bilan qarashga va malakangiz darajasini oshirishga imkon beradi.
Bugunda savdo sohasidagi talablar borgan sari oshib bormoqda va yangi standartlarga mos kelish uchun muntazam bilim olish va tajriba orttirish zarur bo‘ladi. Bizning asosiy vazifamiz mijozlarga mahsulotlarning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berish, ular bilan til topishish va ularga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishdan iborat. Biz Mediapark mijozlari uchun maksimal darajada yordamimiz tegishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz”.

Mediapark Philips, Samsung, LG, Kenwood, Indesit, Tefal, Braun, Artel kabi yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning rasmiy hamkori hisoblanadi va savdo sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq ish olib boradi. 

Loyihaning strategiyasi mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga asoslangan bo‘lib, u nafaqat keng assortiment va hamyonbop narxlarni, balki malakali maslahatchilarning yordamini ham nazarda tutadi.
Yaqin kelajakda loyiha O‘zbekistonning barcha viloyatlarida elektronika va maishiy texnika sotish bo‘yicha chakana do‘konlar tarmog‘i sifatida rivojlantiriladi.

Top