Jamiyat | 10:56 / 14.07.2015
5035
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada narkobaronning qochib ketishi yuzasidan qamoqning 49 xodimi qo‘lga olindi

Meksikada El Chapo (Pakana) nomi bilan mashhur narkobaron Xoakin Gusman qochib ketgan qamoqning 49 xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda El Nuevo Herald nashri yozmoqda.
Qo‘lga olinganlar ichida qamoq direktori Valentin Kardenas Lerma, qo‘riqlash bo‘limi va ma'muriyat vakillari bor. Ular El Chaponing qochishiga yordam berishda ayblanmoqda.
Ichki ishlar vaziri Migel Anxel Osorio Chong voqeani taftish qilish ishiga rahbarlik qilish uchun prezident bilan yo‘l olgan Fransiya turnesini bekor qildi.
Qo‘lga olinganlar soni tez sur'atlarda o‘smoqda. 12 iyul kuni 18 kishi hibs qilingan bo‘lsa, 13 iyul kuni ularning soni 31 kishiga yetdi. Ayni paytda 49 kishi nazorat ostiga olingan.
El Chapo 12 iyul kuni 10 m chuqurlikda qazilgan tunnel orqali Altiplano qamog‘idan qochib ketdi. Tunnelning uzunligi 1.5 km ni tashkil qilgan. Taxmin qilinishicha, jinoyatchi bir guruh xodimlarni sotib olgan, bir guruhining esa oilasiga tahdid qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish