13:10 / 14.07.2015
4436

NASA apparati 9 yilda 5 mlrd km masofani bosib o‘tib, Plutonga yaqinlashmoqda

NASA agentligiga tegishli “Yangi ufqlar” kosmik apparati Plutonga uyushtirilgan tarixdagi birinchi sayohatni yakunlamoqda. Sayohat 9.5 yil muqaddam boshlangan edi. Agentlikning xabar qilishicha, bugun mahalliy vaqt bilan 07:49da uning Pluton bilan maksimal yaqinlashuvi kuzatiladi – zond mitti sayyoradan 12.5 ming km uzoqlikdan uchib o‘tadi.
Apparatning tezligi 14 km/sekundni tashkil qiladi. 453 kg vaznga ega apparat harakatni to‘g‘irlovchi dvigatelga ega. Lekin u yoqilg‘i zaxirasiga ega emas, shu bois to‘xtab, Pluton orbitasiga kira olmaydi. Sayyora yonidan uchib o‘tib, zond Quyosh tizimi chegarasi tomon parvozini davom ettiradi.

Top