Jahon | 18:37 / 14.07.2015
4082
2 daqiqa o‘qiladi

«New Horizons» kosmik apparati Plutonga yaqinlashib, surat olishni boshladi

NASA agentligiga tegishli «Yangi ufqlar» («New Horizons») kosmik apparati Plutonga yanada yaqinlashdi.

Agentlikning xabar qilishicha, bugun Toshkent vaqti bilan 16:50da obektning Pluton bilan maksimal yaqinlashuvi kuzatildi – zond mitti sayyoradan 13 116 km uzoqlikdan uchib o‘tdi va Pluton ekvatorini belgilashga muvaffaq bo‘lgan.

«Yangi ufqlar» («New Horizons») zondining qiymati 700 mln. dollarga baholangan bo‘lib, u 2006 yilda Plutonni o‘rganish uchun yo‘lga chiqarilgandi.

Ma'lumot uchun, Pluton – quyosh sistemasidagi eng uzoq joylashgan sayyora bo‘lib, 1930 yilda Klayd Tombo tomonidan kashf qilingan. Apparatning tezligi 16 km/sekundni tashkil qiladi. 453 kg vaznga ega apparat harakatni to‘g‘rilovchi dvigatelga ega. Lekin u yoqilg‘i zaxirasiga ega emas, shu bois to‘xtab, Pluton orbitasiga kira olmaydi. Sayyora yonidan uchib o‘tib, zond Quyosh tizimi chegarasi tomon parvozini davom ettiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish