O‘zbekiston | 17:26 / 14.07.2015
2671
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishlari tadqiqotlari borasida hamkorlik qilmoqda

Koreya metereologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Jong Xong Sang O‘zbekistonga tashrif buyurib, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘zbekistonlik hamkasblari bilan muhokama qildi.
Tashrif davomida Xong Sang O‘zbekiston hukumati qoshidagi gidrometereologiya xizmati markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida u iqlim o‘zgarishlari borasidagi tadqiqotlarda o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini va bu hamkorlikning istiqbollari yaxshi ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
“O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurishim. Birinchi kelganimdayoq ushbu quyoshli o‘lka go‘zalligidan ta'sirlangan edim. Boy o‘tmishingiz ham diqqatimni tortadi. Har kelganimda o‘zim uchun yangi sahifa ochganday bo‘laman. Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar ko‘p sohalarda mustahkamlanib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili O‘zbekistonga bizning prezidentimiz Pak Kin Xe tashrif buyurdi. Yaqindagina O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreyaga safar uyushtirdi. Hamkorligimiz ayniqsa iqtisodiyot, ta'lim, madaniyat singari sohalarda samarali rivojlanmoqda”, – dedi Xong Sang agentlik muxbiri bilan suhbat chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish