Sport | 07:35 / 14.07.2015
2344
1 daqiqa o‘qiladi

Pedro: «Men Mourino bilan gaplashmadim, bu “Barselona”ga nisbatan hurmatsizlik bo‘lar edi”

“Barselona” hujumchisi Pedro “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan londonliklar safiga o‘tishi haqida gaplashgani borasidagi gaplarni inkor etdi.

“Men Mourinyu bilan gaplashmadim. Bu “Barselona”ga nisbatan hurmatsizlik bo‘lar edi. Biroq menda ba'zi-bir takliflar bor. Bu murakkab vaziyat. Ko‘proq o‘ynashni istaysan, biroq vaziyat borgan sari og‘irlashib bormoqda.

Men “Barselona” uchun o‘ynashni orzu qilardim va orzuimga erishib, klub bilan ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdim. Biroq futbolchida katta maqsadlar – ko‘proq o‘ynash, ko‘proq g‘alabalarga erishish istagi bo‘lishi kerak. Ko‘ramiz, kelgusida nima bo‘ladi”, deb aytdi Pedro.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish