Jahon | 07:44 / 14.07.2015
8034
1 daqiqa o‘qiladi

Putinning rasmi tushirilgan futbolka kiyib olgan Ukrainaning Turkiyadagi konsuli o‘z lavozimidan bo‘shatildi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rasmi tushirilgan futbolka kiyib olgan Ukrainaning Turkiyadagi faxriy konsuli Levent Oydinning vakolati tugatilganini ma'lum qildi.

13 iyul kuni Ukraina OAVlari Ukrainaning Antaliyadagi faxriy konsuli Oydin 7 iyulda “Antaliyacpop” klubi bilan uch yillik shartnoma tuzgan futbolchi Samyuel Eto'Oning taqdimotiga Putinning rasmi va “Muloyimlik – bizga xos” degan yozuv tushirilgan futbolkada kelganini ma'lum qilgan edi.

“Levent Oydin ko‘pchilik ukrainalik fuqarolarga yordam bergan, biroq axloq masalasi mavjud. Men Oydinning vakolatlarini tugatishga qaror qildim”, deb yozdi Klimkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish