21:38 / 14.07.2015
3199

Samarqandda "Lacetti" avtomobilini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIB navbatchilik qismiga Ishtixon tumanida yashovchi fuqarodan “Lacetti” rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan
Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi o‘z avtomashinasini Balandchordana qishlog‘i hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma'lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashina Kattaqo‘rg‘on-Narpay yo‘nalishining 89-km.da beton to‘siqqa urilgan holda topilgan. Jinoyatni shu tumanda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro mast holatda sodir etganligi ma'lum bo‘ldi. 
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top