Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi fuqaroning uyiga bostirib kirib, uy xujjatlarini o‘g‘irlagan qonunbuzarlar qo‘lga olindi
Uch noma'lum shaxs Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi fuqaroning uyiga bostirib kirib, uy egasini pichoq bilan qo‘rqitib, tan jarohati etkazib, 80 ming so‘m puli, «Nokia» mobil telefoni va uy xujjatlarini olib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 22 yoshli yigit va Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 21 va 19 yoshli ayollar sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchilar "issiq izida" qo‘lga olindi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.