18:04 / 14.07.2015
5524

Yangi mavsumdagi ilk "el-klasiko" 8 noyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi

Ispaniya professional futbol ligasi yangi mavsum taqvimni tasdiqladi. Unga ko‘ra «Barselona»  dastlabki turni Bilbaoning «Atletik»  jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Dastlabki tur o‘yinlari 22-23 avgust kunlari boshlanadi.

Ispaniya Superkubogi sovrini uchun «Barselona» va «Atletik» jamoalari to‘qnash kelishadi. Bu o‘yinlar 14 va 17 avgust kunlariga belgilangan.

«Real Madrid» La lagining ilk turda Xixonning «Sporting»  jamoasi mehmoni «Atletiko»  esa «Las-»  bilan to‘qnash keladi.

Birinchi turda muxlislar shuningdek, «Sevilya» — «Malaga», «Levante» — «Selta», «Deportivo» — «Real Sosedad», «Betis» — «Vilyarreal», «Espanol» — «Xetafe», «Granada» — «Eybar», «Rayo Valekano» — «Valensiya» to‘qnashuvlari guvohiga aylanishlari mumkin.

Dastlabki "el-klasiko" 8 noyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

La-liganing 2015-2016 yillar mavsumi taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Top