Sport | 08:14 / 14.07.2015
1799
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar oyida "Barselona" Braziliya chempionatidan Jyersonni transfer qiladi

"Fluminense" jamoasi yarim himoyachisi Jyerson qishki transferlar vaqtida "Barselona" safiga kelib qo‘shiladi. Bu haqda futbolchining otasi Markos Antonio da Silva ma'lum qilgan.

"Jyerson 2016 yilning boshidan "Barselona" a'zosiga aylanadi. Ungacha "Fluminense" jamoasida o‘ynashda davom etadi. Men o‘z o‘g‘limga "Barselona"dan qiziqish bildirilganidan xursandman. Bu o‘g‘limning o‘z ustida yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi. Biz bu taklifga rozilik bildirib bo‘lganmiz. Jyerson "Barselona"da o‘ynab, orzulariga yetishishni istaydi", deydi futbolchining otasi El Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Biroz oldinroq, "Barselona" bu futbolchining transfer huquqini sotib olish jarayonida dastlabki to‘lovni (3,2 mln yevro) amalga oshirgani ma'lum qilingandi. Ushbu futbolchi uchun kataloniyaliklar 15-18 mln yevro sarflashlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish