O‘zbekiston | 14:22 / 14.07.2015
2885
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekengilsanoat” DAK aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

“O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Bu haqda kompaniya xabarnomasida aytilmoqda.

Yengil sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchi jamiyatning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar sirasiga ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish, tekstil, trikotaj, tikuvchilik va chinni mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshish dinamikasini o‘rganib borish, ichki iste'mol bozorini yuqori sifatli mahalliy mahsulot bilan to‘ldirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ularni jahon bozorlariga olib chiqish, sohada yagona texnik va investitsion siyosat yuritish, tegishli korxonalar rivojlanishiga ko‘maklashish va ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda boshqalar kiradi.

Ayni paytda jamiyat strukturasiga 78ta to‘quv, 112 trikotaj korxonalari hamda 32ta ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish