Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:18 / 15.07.2015
1561
1 daqiqa o‘qiladi
“Sautgempton” “Feyyenoord”dan Klasini 13,5 mln yevro evaziga transfer qiladi
“Feyyenoord” klubi yarim himoyachisi Yordi Klasi faoliyatini “Sautgempton”da davom ettiradi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, klublar allaqachon golland futbolchisining transferi bo‘yicha kelishib olishgan.
Klasi “avliyolar” bilan 4 yilga bitim tuzadi va yiliga 2,5 million yevro maosh oladi.
“Sautgempton” o‘yinchining transferi uchun 13,5 million yevro to‘laydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish