12:15 / 15.07.2015
1795

"Aston Villa" Bentekeni "Liverpul"ga 32,5 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas

"Liverpul" jamoasi "Aston Villa"ning belgiyalik hujumchisi Kristian Bentekeni xarida qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

The Telegraph nashrida xabar berilishicha, birmingemliklar bu 24 yoshli futbolchi uchun 32,5 mln funt talab qilishmoqda.

Ma'lumot uchun, Benteke o‘tgan mavsumda "Aston Villa" safida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 2ta golli uzatma amalga oshirgan.

Top