Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:04 / 15.07.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi
Buyuk Britaniya Tehrondagi elchixonasini tiklashi mumkin
Buyuk Britaniya Tehrondagi elchixonasi faoliyatini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Filipp Xammond parlamentdagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
U Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni sharhlar ekan, ushbu mamlakat tomonidan yadroviy bomba yaratilishi xavfi ortda qolganligiga ishonch bildirdi.