Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Niderlandiya hisobotida Ukrainada Boeing ning qulashi bo‘yicha bir qism javobgarlik Malaysia Airlines zimmasiga yuklandi
Qariyb bir yil avval Ukrainada Boeing ning falokatga uchrashi tafsilotlarini o‘rganayotgan niderlandiyalik ekspertlar tayyorlagan hisobotda ushbu fojiada samolyotga egalik qilgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining ham qisman aybi borligi aytilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, Malaysia Airlines Ukraina hududidan parvozlar amalga oshirish xavfsiz emasligi haqidagi ogohlantirishlarga qaramasdan, fuqarolik urushi bilan qamrab olingan davlat hududi ustidan reyslarni amalga oshirishni davom ettirgan.
Shuningdek, hisobotda aviafalokat uchun asosiy ayb ayirmachilarga qo‘yilgan, gollandiyalik ekspertlarning fikricha aynan ular fuqarolik samolyotini urib tushirganlar.
Hisobotning yakuniy versiyasi 2015 yilning oktabrida chop etilishi kutilmoqda.