Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 01:30 / 15.07.2015
2345
1 daqiqa o‘qiladi
Cterling o‘z faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan bo‘ldi
“Manchester Siti” klubi “Liverpul”da to‘p surgan yarimhimoyachi Rahim Sterlingning “Siti”ga o‘tganini rasman e'lon qildi.
Futbolchi klub bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq Sterlingga umumiy hisobda 49 mln funt sterling to‘lanishi ma'lum qilingandi. Sterling Angliya futbol tarixidagi eng qimmatbaho o‘yinchiga aylandi.
Sterling “Manchester Siti”da 7 raqami ostida to‘p suradi. Bungacha “shaharliklar” safida 7 raqami ostida Jyeyms Milner o‘ynagan. Milner joriy yozda erkin agent sifatida “Liverpul”ga o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish