14:41 / 15.07.2015
1818

De Xea «Real»ga kelasi yilda erkin agent sifatida o‘tsa, 5 mln yevrolik bonusga ega bo‘ladi

«Real» klubi «Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeani qo‘lga kiritish harakatlarini to‘xtatmadi.

Marca nashrining ma'lumotiga ko‘ra, kelasi yili erkin agentga aylanadigan 24 yoshli posbon "Madrid"ga safiga qo‘shilsa, 5 million yevro bonus oladi. Shuningdek, madridliklar De Xeaga 5 million yevro yillik maosh taklif qilishmoqda.

Avvalroq, «Real» ushbu yozda De Xeani 40 million yevroga sotib olishni istamagani haqida xabar tarqatilgandi.

Top