Jahon | 17:35 / 15.07.2015
2464
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

Hindiston hukumati Narendra Modi boshchiligida "yashil energetika" dasturi doirasidagi ishlar davom ettirmoqda.

Bu dastur doirasida poyezdlarning tomlariga quyosh panellari o‘rnatish orqali ularning quyosh energiyasidan foydalangan holda harakatlanishini yo‘lga qo‘yish loyihasi hayotga tatbiq etilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, ekvatorga yaqin joylashgan Hindistonda deyarli 300 kun davomida quyosh qizidirib turadi.

Quyosh energiyasi orqali harakatlanadigan poyezdlarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi muallifi, Hindiston fan vaziri Xarsh Vardxonning ma'lum qilishicha, bu g‘oya unda Solar Impuls samolyoti parvozga chiqishidan keyin paydo bo‘lgan.

Tajriba sifatida harakatlanayotgan "quyoshli poyezdlar"da quyosh panellari harakatlanish uchun zarur energiyaning 15 foizini yetkazib bermoqda.

Hindiston hukumati bu tajribalar o‘zini oqlasa, 2022 yilgacha yo‘lovchi poyezdlarini quyoshli panellar bilan ta'minlashni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish