09:59 / 15.07.2015
2795

Kafu Neymar chinakam yetakchi emasligi va terma jamoa sardori bo‘lishga noloyiqligini aytdi

Braziliya terma jamoasining sobiq sardori Kafu “Barselona” hujumchisi, braziliyalik futbolchi Neymar terma jamoada sardorlik bog‘ichini taqib yurmasligi kerak, deb aytmoqda.

“Neymar – chinakam yetakchi emas. U endi terma jamoa sardori bo‘lishi kerak emas.

U futbol o‘ynash, to‘p bilan ishlashdan huzur olish uchun yaratilgan. Bu Neymarni tanqid qilish emas. Ko‘pchilik yulduzlar sardor bo‘la olmaganlar. Neymar – erkatoy. Uning texnik imkoniyatlari borasida hech qanday e'tiroz yo‘q, biroq unda sardorda bo‘lishi talab etiladigan yetakchilik xususiyatlari yo‘q. Sardor o‘z sheriklari uchun bu borada namuna bo‘lishi kerak”, deydi Kafu.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi “Pari Sen-Jyermen” himoyachisi Tiago Silvadan sardorlik bog‘ichini olib, uni Neymarga topshirgan edi.

Ma'lumot uchun, Kafu – ikki karra jahon chempioni va jahon chempionatlarining uchta final uchrashuvida (1994, 1998, 2002) o‘ynagan yagona futbolchi hisoblanadi.

Top