Jahon | 16:12 / 15.07.2015
2348
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri va Zarif nomzodlarining Nobel mukofotiga ko‘rsatilgani rad qilindi

Stokgolm xalqaro tinchlik masalalari tadqiqoti instituti Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va AQSh davlat kotibi Jon Kerri nomzodini tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatgani haqidagi xabarni rad qildi.
Ilgariroq institut bu ikki davlat arbobi nomzodini tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatgani haqida IRNA agentligi xabar bergan edi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi.
“Bu xodimlarimizdan birining shaxsiy fikri edi. Institut bu masalada rasmiy qaror qabul qilmagan”, – dedi institut vakili TASS muxbiri bilan muloqot chog‘ida.
Ushbu shaxsiy fikrni bildirgan xodimning shaxsi oshkor qilinmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish