Jahon | 10:05 / 15.07.2015
4849
1 daqiqa o‘qiladi

Keyp-Kodda dam olayotganlar oq nahangni qutqardilar

Keyp-Kod yarim orolidagi Chatem shahri plyajida dam olayotganlar suvning ortga qaytishi natijasida quruqlikka chiqib qolgan oq nahangni qutqardilar. Bu haqda New York Post nashri yozmoqda.

Odamlar ikki metrli nahangni saqlab qolish uchun uning ustidan chelaklar bilan suv quyib turishdi. Ungacha voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelib, yirtqichni suvga qo‘yib yuborishdi.
Aytilishicha, qutqarish ishida 40 ko‘ngilli ishtirok etgan.