11:00 / 15.07.2015
1667

«Manchester Siti» De Bryuyne uchun 40 million funt taklif qilmoqda

"Manchester Siti” rahbariyati “Volfsburg” klubining belgiyalik yosh yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne uchun 40 million funt taklif qilmoqda.

23 yoshli futbolchining o‘zi hali kelajagi borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

De Bryuynega “PSJ” va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirayotgani xaqida xabarlar mavjud.

Ma'lumot uchun, belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Volfsburg” tarkibida 50ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol kiritdi va 25ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top