Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada YTHdan keyin yonayotgan mashinada yo‘lovchilarni tashlab ketgan BMW haydovchisi hibsga olindi
Moskva sudi yo‘l-transport hodisasidan keyin yonayotgan mashinada 3 nafar yo‘lovchini tashlab ketgan BMW haydovchisini hibsga olishga qaror chiqardi.
YTH 12 iyul kuni ertalab Moskvaning shimoliy qismidagi Begovaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, BMW 750 haydovchisi tezlikni 130 km/soatgacha oshirib, ho‘l yo‘lda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgach, yonib ketgan. Mashinaning 27 yoshli haydovchisi Sergey Shuvalov va yana bir yo‘lovchi avtomobil ichidan chiqib, voqea joyidan qochib ketgan, avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 3 nafar yo‘lovchi esa tashqariga chiqa olmay, tiriklayin yonib ketgan.
Haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.