Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston “Shimol-Janub” avtoyo‘lining qurilishiga Xitoydan yangi kredit oladi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Xitoy bilan “Shimol-Janub” avtoyo‘lining qurilishi bo‘yicha kredit shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Hujjatlar to‘plami Xitoy hukumati hamda Xitoy eksport-import banki bilan tuzilgan ikkita shartnomani o‘z ichiga oladi.
Kelishuv tilga olingan bank tomonidan “Shimol-Janub” avtomobil yo‘lining Aral va Qazarman qishloqlari o‘rtasidagi 96 km li uchastkasining qurilishini moliyalashtirish uchun 300 mln dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Shu uchastkada 700 m li tunnel quriladi.
Avtotrassa qurilishining birinchi bosqichi shu bank tomonidan 2013 yili ajratilgan 400 mln kredit hisobidan amalga oshirilmoqda.