16:09 / 15.07.2015
2790

Rivaldo futbolchilikka qaytganidan keyingi ilk golini urdi

Braziliyalik mashhur futbolchi, “Moji Mirim” klubi egasi va yarim himoyachisi Rivaldo yaqinda futbolchilikka qaytishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

U o‘zi egalik qiladigan “Moji Mirim” klubida to‘p surishni boshlagandi. 14 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Braziliya V seriyasidagi “Makae” jamoasiga qarshi o‘yinda Rivaldo penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv 3:1 hisobidagi “Moji Mirim”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yana ikkita golni Rivaldoning o‘g‘li Rivaldino urgan.

Top