21:44 / 15.07.2015
3165

Rossiya va Eron Sukhoi Superjet samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Rossiya va Eron Sukhoi Superjet samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb Rossiya transport vaziri Maksim Sokolovga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz nafaqat Superjet samolyotlari, balki avtomobil texnikasi yetkazib berish bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu texnika eronlik do‘stlarimizda muayyan qiziqish uyg‘otmoqda”, deb aytmoqda Sokolov.

Avvalroq Erondan sanksiyalarning olinishi mamlakatning eskirib qolgan aviaparkini yangilashga imkon yaratishi ma'lum qilingandi.

Eronga taxminan 400 ga yaqin fuqarolik samolyoti talab etilmoqda. Bugungi kunda Eronda hanuzgacha birinchi Airbus A300 va Boeing 747-200 samolyotlari parvoz qilmoqda, ularning aksariyati 1970-yillarning o‘rtalarida yetkazib berilgan.

Erondagi samolyotlarning o‘rtacha yoshi 27 yilni tashkil qiladi.

Top