Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung organizmdagi yog‘ miqdorini smartfonlar orqali o‘lchashni taklif qiladi
Samsung kompaniyasining smartfonlarida sog‘lom turmush tarzi kechirishga qaratilgan bir qancha funksiyalar ishga tushirilmoqda. Jumladan, Galaxy S5 yurak urishi datchigiga ega, S Health ilovasi esa o‘tilgan masofa, tashlangan qadamlar va tezlikni o‘lchash imkonini beradi.
Aytilishicha, kompaniya chiqaradigan kelajakdagi apparatlarda organizmdagi yog‘ miqdorini o‘lchovchi tizim ishga tushirilishi mumkin. Kompaniya aynan mana shunday texnologiya uchun patent rasmiylashtirmoqda.

Yog‘ miqdorini o‘lchash uchun smartfon va fabletlarning tashqi tomonidagi to‘rtta maxsus sensordan foydalaniladi. Natija teri qarshiligini o‘lchash asosida hisoblab chiqariladi. Buning uchun foydalanuvchi smartfonni ikki qo‘llab ushlab, sensorlarni barmoqlariga tekizishi talab qilinadi.