Samsung kompaniyasi o‘zining eng yupqa smartfoni – Galaxy A8’ni rasman taqdim etdi. Smartfon surati kompaniyaning xitoycha saytiga joylashtirildi.
Qalinligi 5,9 mm bo‘lgan Galaxy A8 5,7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega. Unga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 GB tezkor hamda 16/32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfon xotirasi microSD bilan kengaytirilishi mumkin. Shuningdek, A8 LTE aloqa standartini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator quvvati 3050 mA/soatga teng.
Smartfonning asosiy kamerasi 16 Mp, old kamera esa 5 Mp.
Hozirda smartfon haqidagi ma'lumot kompaniyaning faqatgina xitoycha saytida joylashtirilgan va uning boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.