12:04 / 15.07.2015
2597

Shahrixonda yo‘lovchi haydovchining tushganidan foydalanib mashinani olib qochib ketdi

Andijonning Shahrixon tumanida mashina o‘g‘riligi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1986 yili tug‘ilgan Alisher ismli shaxs o‘z ishlari bilan Nexia rusumli avtomobilida ketayotgan bo‘lgan. Mashinada uning qishloqdoshi, 1989 yili tug‘ilgan Sherzod ham bo‘lgan. Haydovchi mashinani to‘xtatib, do‘konga kirganida, Sherzod mashinani o‘g‘irlab ketgan.
Mashina egasi darhol tegishli idoraga murojaat qilgan. Militsiya xodimlari mashinani to‘xtatib qolib, egasiga qaytargan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top