Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:03 / 15.07.2015
2318
1 daqiqa o‘qiladi
Tbilisidagi portlashda halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi
Tbilisining Gldan tumanidagi tabiiy gaz quvuri nosozligi tufayli portlab ketgan uy vayronalari ostidan beshinchi jasad topildi, deb xabar beradi Interfaks agentligi.
9 qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida devorlar quladi. Qutqaruvchilar dastlab ikki kishining, vayronalar ostidan esa yana uch kishining jasadini topdilar.
Ikki kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Voqea joyida tegishli xizmatlar xodimlari ishlamoqda.