Jahon | 18:02 / 15.07.2015
2016
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada ikkita avtobusning halokatida 6 kishi qurbon bo‘ldi

Turkiyaning shimoli-g‘arbida ikkita avtobus YTHga uchragani oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Birinchi avtobus Bolu shahri yaqinida nam yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Uning ortidan kelayotgan avtobus ham, to‘xtashga harakat qilganiga qaramay, ag‘darilib tushdi.
Voqea joyida birinchi avtobus haydovchisi, styuard va to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi. 40 kishi yaralandi, ko‘plari og‘ir ahvolda. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish